Janubiy Koreya Markaziy banki bitkoin borasida yakuniy qarorga keldi. Bank raisi Li Ju-Yolning e'lon qilishicha, bitkoin (Bitcoin) bank tomonidan valyuta emas, balki mahsulot sifatida baholanadi. Bunda, uning qayd etishicha, muvofiqlashtirish jarayonining o‘zi yaqin orada boshlanmaydi. Li Ju-Yol Koreya banki rahbariyatining Milliy majlisga hisobotida shu haqda ma'lum qilgan.
«Virtual pullarni valyuta deb baholash qiyin, chunki ular Xalqaro hisob-kitoblar bankining valyutaga doir tushunchasiga mos kelmaydi. Ularni mahsulot sifatida baholash mantiqiy bo‘ladi. Virtual valyutalar haqiqiy valyutalar sifatida boshqarilishi mumkin emas», — degan Koreya banki rahbari.