Dunyodagi eng yirik 500 ta jamg‘arma boshqaruvidagi aktivlarning hajmi 2016 yilda 5,8 foizga o‘sib, rekord miqdordagi 81,2 trln dollarga yetdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. Willis Towers Watson konsalting firmasi o‘tkazgan tadqiqot natijasida shunday raqamlar aniqlangan. Moliyaviy vositalarning aksariyati hamon faol boshqaruv strategiyasidan foydalanuvchi fondlar ixtiyorida qolmoqda. Biroq passiv boshqaruvchi fondlar aktivlari 21,6 foizga o‘sgan, 2015 yilda bu raqam 20,3 foizni, besh yil muqaddam 16,5 foizni tashkil etgan.
Amerika fondlarining aktivlari 7,7 foizga o‘sib, 47,4 trln dollarga yetgan, Yevropadagi aktivlar esa 2,8 foizga ko‘paygan va bugungi kunda 25,8 trln dollarni tashkil etmoqda. Buyuk Britaniya aktivlari aksincha 4,5 foizga pasayib, 6,3 trln dollarni tashkil etmoqda.
Eng yirik boshqaruvchi esa, BlackRock bo‘lib qolmoqda. Uning aktivida 5,1 trln dollar mablag‘ bor. Undan keyin keladigan Vanguard hisobida 4 trln dollardan biroz kamroq sarmoya bor.