Investitsiya jalb etish dinamikasi haqida ma'lumot berildi

Iqtisodiyot 13:25 / 26.10.2017 19387

2017 yil davomida davlat aktivlari sotilishi bo‘yicha ro‘yxatga olingan 1172 ta oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha 240,9 million AQSh dollari va 1 846,8 milliard so‘m miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 18 ta oldi-sotdi shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan. Yuqoridagi shartnomalarga ko‘ra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 130,6 million AQSh dollari va 1009,0 milliard so‘mni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 11950 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi joriy yilning 9 oyi mobaynida investitsiya majburiyatlari bajarilishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan bo‘lishdi

Ularga ko‘ra, joriy yilda 1172 ta oldi-sotdi shartnomalaridan 95 ta shartnoma bekor qilingan, 119 ta shartnoma bo‘yicha investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilgan va qabul qilingan.

Hozirgi kunda davlat aktivlari sotilishi bo‘yicha ro‘yxatga olingan 958 ta oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha 187,7 million AQSh dollari va 1 655,9 milliard so‘m miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Mazkur shartnomalarga ko‘ra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 128,8 million AQSh dollari va 932,7 milliard so‘mni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 9170 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Amaldagi shartnomalarga ko‘ra, yil boshidan investorlar tomonidan 9,4 million AQSh dollari va 353,3 milliard so‘m investitsiya kiritilishi belgilangan bo‘lib, haqiqatda kiritilgan investitsiyalar hajmi 20,1 million AQSh dollari va 447,0 milliard so‘mni tashkil etdi.

Hisobot davrida 119 ta oldi-sotdi shartnomalari shu jumladan, 95 ta “nol” xarid qiymatida tuzilgan shartnomalarga asosan kiritilgan umumiy miqdori 2,7 million AQSh dollari va 112,1 millard so‘m miqdoridagi investitsiyalar komissiya tomonidan qabul qilingan hamda investitsiya hisobidan yangi 2780 ta ish o‘rinlari yaratilgan.

Bundan tashqari, yil boshidan 20,5 million AQSh dollari va 548,1 milliard so‘m miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan 301 ta oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirilgan bo‘lib, shundan 271 ta past rentabelli, iqtisodiy nochor davlat aktivlari va bo‘sh turgan binolar “nol” xarid qiymatida 20,5 million AQSh dollari va 531,0 milliard so‘m investitsiya kiritish majburiyati bilan sotilgan.

Ko‘proq yangiliklar: