«Abu-Saxiy» avtobekatida 23 mln. so‘mni o‘g‘irlab ketishdi

Iqtisodiyot 08:05 / 26.10.2017 14906

2017 yilning 22 oktabr kuni taxminan soat 19:30larda, muqaddam sudlangan L.N. o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumanida joylashgan «Abu-Saxiy» avtoshoxbekatida, fuqaro N.B.ning boshqaruvida bo‘lgan "Mercedes benz 0202D" rusumli avtobus qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, mazkur avtobusning eshigini ochib, uning ichidan 23.312.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘g‘irlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “b” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni ancha miqdorda, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: