Turkiya 2017 yilda turizmdan qancha daromad olishi mumkinligi ma'lum qilindi

Iqtisodiyot 22:19 / 25.10.2017 13704

2017 yilda Turkiyaning turizmdan oladigan daromadi 24-25 mlrd dollarni tashkil qilishi kerak, deb aytdi "Anadolu" axborot agentligiga Turkiya turistik agentliklari uyushmasi (TÜRSAB) rahbari Basharan Ulusoy.

Uning aytishicha, 2017 yilda Turkiya turizm sohasidagi vaziyat 2016 yildagiga nisbatan yaxshiroq bo‘lgan, biroq u hali 2014-2015 yillardagi darajaga yetmagan.

Ulusoyning aytishicha, Turkiya turizm ohasi vakillari bu darajaga yetish uchun barcha imkoni bor ishni amalga oshirmoqdalar. Uning ta'kidlashicha, xorijiy sayyohlar Turkiyaga o‘zlarining mamlakatlarida yo‘q bo‘lgan narsalarni ko‘rish uchun keladilar, ularni Turkiya oshxonasi va tarixiy joylari qiziqtiradi, ular turk madaniyati va xalq ijodi bilan tanishishni istaydilar.

2016 yilda Turkiya turizm sohasiga Germaniya, AQSh, Uzoq Sharq va Osiyo davlatlari sayyohlari eng ko‘p daromad keltirganlar. 

Ulusoy Anqara va Vashington o‘rtasida vujudga kelgan viza muammosining turizm sohasiga ta'siriga izoh berib, bu vaziyat AQShdan keluvchi sayyohlar soniga ta'sir qilmasligini aytdi. Uning fikricha, bu siyosiy muammo qisqa muddatlarda hal qilinadi. "Turkiya bunga loyiq emasdi va do‘stona davlatdan buni kutmagandi", deb qo‘shimcha qilgan Ulusoy.

Ko‘proq yangiliklar: