2019 yildan keyin Rossiya gazining Ukraina orqali Yevropa davlatlariga tranzitining to‘liq to‘xtatilishi Kiyevning yiliga 3 mlrd dollar yo‘qotishiga olib kelishi va Ukrainaning mavqeiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Bu haqda "Naftogaz" kompaniyasi boshqaruv raisi Andrey Kobolev aytib o‘tdi.
Uning ta'kidlashicha, davlatning gaz-transport tizimida xalqaro hamkorning jalb qilinishi bunday tranzit saqlanib qolishiga kafolat bo‘lmaydi.
2016 yilda Rossiya gazining Ukraina orqali tranziti 80 mlrd kub metrni tashkil qilgan. Amaldagi shartnoma 2019 yilda tugaydi. Shu vaqtda "Shimoliy oqim-2" va "Turk oqimi" gaz quvurlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.