23 oktabrda Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonni 2016 yil 29 dekabrdagi iqtisodiy integratsiya sharoitlarida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish haqida Qozog‘iston va Qirg‘iziston hukumatlari o‘rtasidagi kelishuvning bekor qilinishi boshlanganini xabardor qildi.
Qozog‘iston doimo Qirg‘izistonga uning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha majburiyatlarini bajarishida zarur texnik ko‘makni tezkorlik bilan berishga moyil bo‘lgan.
Imzolangan hujjatlar o‘z vaqtida ratifikatsiya qilingandi va Qozog‘iston moliyaviy ko‘magining birinchi transhi noyabrda kelib tushishishi kerak bo‘lgan.
Bu mablag‘lar ertaroq ham ajratilishi mumkin bo‘lgan, biroq Qirg‘iziston tomondan zarur hujjatlar va tegishli smetalarning taqdim qilinishi jarayoni cho‘zilib ketgan.
Avvalroq Qozog‘iston Qirg‘izistonda yuz bergan may oyidagi tabiiy ofat tufayli Bishkekka gumanitar yordam bermoqchi bo‘lgan. Qirg‘iziston Qozog‘istonga taklif etilgan yordam uchun minnatdorlik bildirib, "Qozog‘iston tomondan gumanitar yordam berish o‘z dolzarbligini yo‘qotgan"ini aytgan.