Qashqadaryodan qariyb 500 tonna uzum eksporti chiqarildi

Iqtisodiyot 08:21 / 24.10.2017 10360

Ma'lumki, hukumat tomonidan kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng imkoniyat va qulayliklar yaratilmoqda. Natijada ichki bozorlarga mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan, sifatli va arzon mahsulotlar yetkazib berilmoqda. Quvonarlisi, ichki bozorlardan ortgan mahsulotlar dunyoning bir necha davlatlariga eksport qilinmoqda.   

Raqamlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida Qashqadaryo viloyati tadbirkorlari tomonidan chet davlatlarga 136 million AQSh dollaridan ziyod mahsulotlar eksport asosida yetkazib berilgan. Shundan 13,6 million AQSh dollarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tashkil etadi.

Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, ayni kunda ham vohada yetishtirilgan uzum, xurmo, shaftoli kabi sarxil va hushtam mevalar eksporti avjida. Misol uchun, joriy yilning sentabr va oktabr oylarida 495 tonna uzum mahsulotining eksportiga erishildi. Mazkur mahsulotlarni eksportga yetkazib berishda 30 dan ortiq tadbirkorlik sub'yektlari ishtirok etmoqda. 

Shunday korxonalardan biri “Sharofat Ona Qaxramon Qizi” Agrofirmasi tomonidan Rossiya Federatsiyasiga 2000 tonna uzum, xurmo va limon eksport qilinishi mo‘ljallangan.

- Joriy yilning o‘tgan davrida rossiyalik hamkorlarimizga 297 tonnadan ziyod uzum mahsulotini eksport asosida yetkazib berdik, - deydi “Sharofat Ona Qaxramon Qizi” Agrofirmasi bojxona ishlari bo‘yicha mas'ul xodimi Sherzod Sherov. - Bojxona rasmiylashtiruvlarini o‘z ish joyimizdan, masofadan turib elektron tarzda amalga oshiryapmiz. Bu esa bizning qimmatli vaqtimizni hamda eng asosiysi ortiqcha sarf-xarajatlarni tejashimizga katta yordam beryapti.

Ko‘proq yangiliklar: