15 oktabrdan Buyuk Britaniyada 1 funt sterling nominalli dumaloq tangalar muomaladan chiqariladi. The Guardian shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ular sariq va oq metalldan ishlangan, yangi 12 burchakli tangalarga almashtiriladi.
Eski dumaloq funt 1983 yildan muomalada bo‘lgan va aytishlaricha, uni soxtalashtirish oson.
Manbada ta'kidlanishicha, eski tangalarning taxminan uchdan bir qismi soxta hisoblanadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, yangi tangalar eskisiga nisbatan ancha ishonchli bo‘ladi.