Kiyev Jahon savdo tashkilotiga Moskvaning Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlari va gulqog‘ozlar importiga taqiqlovi yuzasidan arz qildi. Bu Kiyevning Rossiya ustidan JSTga uchinchi arzi hisoblanadi.
"Ukraina Rossiyaning JST doirasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishdan bosh tortishini istisno qilish maqsadida barcha imkoniyatlardan foydalanishda davom etmoqda", deb aytilgan Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligida.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya 2013-2015 yillarda Ukrainada ishlab chiqarilgan sharbatlar, qandolatchilik mahsulotlar va gulqog‘ozlar importiga bir qator cheklov kiritgan. Ushbu cheklovlar Rospotrebnadzor qarorlariga asoslangan, biroq Ukraina ularni Rossiyaning JST oldidagi majburiyatlariga mos kelmaydi, deb ta'kidlamoqda.
JSTda Ukrainaning Rossiya ustidan topshirgan yana ikkita arzi bor: birinchisi Rossiyaga Ukraina vagonlari importi bilan, ikkinchisi Ukraina tovarlarining Rossiya hududi bo‘ylab tashilishiga taqiqlov bilan bog‘liq.
Moskva, o‘z navbatida, JSTga Kiyev tomondan Rossiya tovarlari va xizmatlariga nisbatan muntazam taqiqlov kiritilishi bo‘yicha shikoyat yo‘llagan.