Qualcomm kompaniyasi Xitoyda iPhone ishlab chiqarish taqiqlanishini talab qilmoqda

Fan-texnika 23:46 / 13.10.2017 7295

AQShning chiplar ishlab chiqaruvchi Qualcomm kompaniyasi intellektual mulk bo‘yicha Pekin sudiga Xitoyda iPhone ishlab chiqarilishini taqiqlash talabi bilan  murojaat qildi. Kompaniya Apple’ni uning texnologiyalarini haq to‘lamagan tarzda qo‘llashda ayblamoqda. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Apple Qualcomm tomondan yaratilgan texnologiyalarni qo‘llab, ularga pul to‘lamayapti", deb aytdi Qualcomm matbuot kotibi Kristin Trimbl.

Qualcomm’ning eng taniqli mahsulotlari Snapdragon seriyasidagi protsessorlar hisoblanadi. Bu protsessorlar zamonaviy smartfon, planshetlarning aksariyatida va boshqa qurilmalarda qo‘llanadi. Qualcomm daromadining anchagina qismi, shuningdek, zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari asosida yotgan ixtirolardan patentlarga to‘g‘ri keladi. 

Apple va Qualcomm o‘rtasidagi qarama-qarshilik 2017 yil boshida boshlangan. O‘shanda Apple Qualcomm‘ni litsenziyalashning adolatsiz amaliyotini qo‘llash, chiplarga narxlarni haddan tashqari oshirish va bozor yetakchisi maqomini suiiste'mol qilishda ayblab, unga qarshi aksilmonopol shikoyat bergan. Shundan keyin ko‘p o‘tmay Apple Qualcomm’ga litsenziya to‘lovlarini to‘lamay qo‘ygan.

Ko‘proq yangiliklar: