Barselonada Kataloniyaning Ispaniya bilan birdamligi uchun chiqayotgan Societat Civil Catalana tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan namoyish yakunida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda La Vanguardia nashri xabar bermoqda.
To‘qnashuv 12 oktabrda nishonlanadigan ispan millatining Kunida ro‘y berdi. Videoga ko‘ra, Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari va bunga qarshi bo‘lganlar bir-birlarining ustiga stullar yog‘dirishgan.
1 oktabr kuni Kataloniyada mintaqaning mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Uning natijalariga ko‘ra, plebissitda ishtirok etganlarning 90 foizi Kataloniyaning Ispaniyadan ajralib chiqishi uchun ovoz bergan. Madrid referendum natijalarini tan olishdan bosh tortdi.
Día de la Raza y la Hispanidad #resacelebrar #12Oct #Zurich pic.twitter.com/yxG06M532V
— Seru (@seru_jordi) October 12, 2017