Lexus kompaniyasi Structural Blue deb nom olgan ko‘k rangning o‘ziga xos tusini yaratish uchun 15 yil sarfladi. Bo‘yoqning yaratilishi ustida markaning AQSh va Yaponiyadagi texnik markazlari, shuningdek, VIAVI Solutions kompaniyasi ishladi, deb xabar beradi Carscoops nashri.
Yaratilishi uchun ilhom sifatida Morfo kapalagi xizmat qilgan yangi rang 40 ta alohida qavatlardan iborat pigment asosida tayyorlanadi. Lexus’dagilarning aytishicha, rangning yorug‘lik o‘zgarishiga qarab turlicha tuslanish xususiyati kichik parchalar shaklidagi, murakkab nanotuzilma bilan tushuntiriladi.
Oddiy pigmentli bo‘yoqlar ko‘zga ko‘rinadigan ko‘k rangning 50 foizidan kam bo‘lmagan qismini akslantiradi, Structural Blue esa buni 100 foizga uddalaydi. Bitta mashinani bo‘yashga — kuzovning maxsus buyog‘i faqai LC kupesi uchun ishlatiladi — 300 milliard «parchalar»dan iborat 300 gramm pigment ketadi. Bo‘yoq 15 mikrometr qalinlikda asosiy va himoya qatlami orasiga beriladi va bir kunda bor-yo‘g‘i ikkita mashina bo‘yaladi.
Lexus LC500 kupesi 477 ot kuchga ega V8 dvigatel va10 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Orqa g‘ildiragi harakatga keluvchi sportkar 4,7 soniya ichida 100 km/soat tezlikka erishadi. Modelning narxi 140 ming AQSh dollaridan boshlanadi.