2017 yilning eng ko‘p sotilgan smartfoni qaysi?

Fan-texnika 18:27 / 09.10.2017 28196

IHS Markit tadqiqot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Apple iPhone 7 modeli 2017 yilning birinchi yarmida eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘lgan. Hi-Tech shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.

Apple iPhone 7 - 2017 yilning eng ko‘p sotilgan smartfoni deya e'tirof etilgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Apple iPhone 7 Plus va Samsung Galaxy J2 Prime bo‘lishib oldi. Apple iPhone 6s to‘rtinchi o‘rinni egalladi, Samsung Galaxy S8 va Samsung Galaxy S8 Plus esa - beshinchi va oltinchi o‘rinlarda.

iPhone 7 barchasidan yaxshi sotilmoqda, biroq iPhone 6s'chalik yaxshi emas

iPhone 7 va iPhone 7 Plus sotuvlar reytingining ilk ikki o‘rnidan joy olgan bo‘lishiga qaramay, sotilgan birliklar soni o‘tgan yili iPhone 6s va iPhone 6s Plus ko‘rsatgan natijalardan pastroq bo‘lib chiqdi. Uch yil davomida iPhone 6, iPhone 6s va iPhone 7 birinchi yarim yillik sotuvlar reytingini barqaror boshqarib kelgan. Shu bilan birga, har birining bozordagi ulushi barqaror ravishda 10 foizdan 7 foizga, joriy yilda esa 5 foizga  pasaygan.

Samsung Galaxy S8 smartfoni Galaxy S7'dek sotilmayapti

Qayd etib o‘tilganidek, Samsung Galaxy S8 bu yil reytingda beshinchi o‘rinni egalladi. IHS'ning ma'lum qilishicha, bu kompaniya flagman modellari sotuvlarining bu yil kechroq yo‘lga qo‘yilgani natijasi bo‘lishi mumkin. Galaxy S8 va Galaxy S8 Plus 2017 yilning aprelida ishlab chiqarildi - bu esa odatdagidan bir oyga kech degani. Umuman olganda, IHS Markit "Galaxy S8 / S8 Plus sotuvlari Galaxy S7 / S7 edge'ning o‘tgan yilgi natijalaridan o‘zib keta olmadi" deb hisoblaydi.

Top-10 reytingdan qaysi smartfonlar o‘rin olgan?

2017 yilning birinchi yarmida eng ko‘p sotilgan smartfonlar o‘nligiga Samsung kompaniyasining beshta, Apple qurilmalarining to‘rtta va Oppo'ning bir smartfoni kiritildi. Oyiga 1 million birlikdan ko‘p sotuvchi ishlab chiqaruvchilar soni joriy yilda 17tadan 22taga oshgan.

Darvoqe, iPhone 8 sotuvlariga start berilgan vaqtdan ikki hafta ham o‘tmay, uning narxi muhim ko‘rsatkichdan pastladi.

Ko‘proq yangiliklar: