Forbes jahon bozoridagi "o‘lik" kriptovalyuta hajmini hisoblab chiqdi

Fan-texnika 16:10 / 08.10.2017 8867

Coinmarcetcap ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilning sentabriga kelib, kriptovalyuta bozori hajmi 144 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Forbes hisob-kitobiga muvofiq esa, aslida 123 milliard dollardan ziyod bo‘lmagan likvid aktivlar mavjud. 

Bugun dunyoda qariyb 16,6 million bitkoin mavjud. Kriptovalyuta tarixida taxminan 3 million bitkoin yo‘qoldi, yana shuncha oldindan yo‘qolgan Bitcoin Cash tangalari, 30 million dollardan kamroq kapitalizatsiyaga ega tokenlar esa, qoidaga ko‘ra, hech qanchaga tushmaydi, deb yozadi manba. 

Forbes ekspertlari yo‘qotilgan kriptovalyuta sonini hisoblash uchun quyidagi uslubdan foydalanishdi: agar 2013 yilning 1 martidan hamyondan biror chiquvchi tranzaksiya amalga oshmagan bo‘lsa, u "o‘lik" hisoblanadi. Aynan shu vaqtdan boshlab bitkoin narxi o‘sa boshlagan va, nashrning taxmin qilishicha, ularning egasi hoynahoy mavjud aktivlardan foyda olishga harakat qilardi. 

Shuningdek yo‘qotilgan valyuta hajmiga hamyonlarida 0,01 bitkoindan kam saqlangan 2 mingga yaqin bitkoin qo‘shilgan. Bunday hamyonlar soni umumiy hisobning 77 foizini tashkil qiladi va nashrda ta'kidlanishicha, ular texnik hisoblanishi kerak. 

2013 yildan keyin yaratilgan ko‘plab hamyonlar ham "o‘lik" hisoblanadi. Biroq ularning barini hisoblashning imkoni yo‘qdek, zero bitkoin uchun yangi davrda ko‘plab "sovuq" hamyonlar yaratilmoqda, ular bo‘yicha tranzaksiya o‘tkazishning deyarli iloji yo‘q, ammo ularning vazifasi - kriptovalyutani saqlash. Forbes baholariga ko‘ra, bunday hamyonlardagi yo‘qotishlar ko‘rsatkichi tangalar umumiy hajmining 4 foizini tashkil qiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: