Apple kompaniyasi vitse-prezidenti Filipp Shiller Kupertinoda iPhone X taqdimoti chog‘ida
Foto: ©AFP2017 / Josh Edelson
KGI Securities kompaniyasi tahlilchisi Kuo Min-Chi TrueDepth kamerasini yaratishda ishlatilgan texnologiyani qayta yaratish uchun Apple raqobatchilariga kamida ikki yil talab etilishini aytib o‘tgan, deb xabar beradi MacRumors.
Tahlilchining so‘zlariga ko‘ra, bu kamera Apple’ga 2018–2019 yillarda texnologik yetakchi bo‘lishni ta'minlaydi. Kuoning ta'kidlashicha, iPhone X savdolarining boshlanishidagi ba'zi bir qiyinchiliklarga qaramasdan, u Apple korporatsiyasining Hi-End smartfonlar bozoridagi istiqboliga «to‘liq ishonchi komil».
TrueDepth frontal kamerasi yordamida Face yuzni skanerlash texnologiyasini qo‘llash imkoniyati yaratildi. Xabar qilinishicha, TrueDepth kamerasini ishlab chiqarishdagi murakkabliklar iPhone X’ning dastlabki partiyasi qisqarishiga sabab bo‘lgan.
Ilgariroq Face ID funksiyasining ishida ham nuqsonlar yuzaga kelgani xabar qilingan edi. Jumladan, smartfon egasi 13 yoshdan kichik bo‘lsa, telefon o‘z egasini adashtirib yuborayotgani ma'lum bo‘lgan edi. Funktsiya nuqsoni iPhone’ning yangi modellari taqdimotida ham yuzaga kelgan.
MacRumors’ning xabar berishicha, boshqa kompaniyalar ham shu singari texnologik va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklar chig‘irig‘idan o‘tishadi. Samsung allaqachon yuzni tanish texnologiyasiga ega qurilmani ishlab chiqargan, lekin u 2D suratlardan foydalanadi va birmuncha xavfsizroq.