Bu shahar doimo quyoshli, shu sababli ferma faqat quyosh energiyasidan foydalanib ishlaydi. Hayratlanarli tomoni shundaki, vertikal «tomorqa» oddiy ofis binosining to‘rtinchi qavatida joylashgan, deb yozadi CleanTechnica.
Metropolis Farms kompaniyasi ofis binolarining birida 500kVt quvvatli quyosh batareyalari massivini o‘rnatdi. Rejaga ko‘ra u shahar qishloq xo‘jaligi korxonasining energiyaga bo‘lgan talabini to‘liq qondirishi kerak. Kompaniya uni qayerdadir joylashgan dalada emas, shu binoning 4-qavatida barpo etgan. Bu binoda joylashgan va to‘liq quyosh energiyasi orqali quvvatlanadigan dunyodagi ilk vertikal ferma bo‘ladi.
Metropolis Farms’dagilarning ishontirishlaricha, samaradorlik an'anaviy fermalarning 2,7 kv. km maydonga ega dalasiniki bilan bir xil bo‘ladi, holbuki shahardagi fermaning yuzasi 2,5 barobar kichik. Quyosh panellari allaqachon o‘rnatib bo‘lingan, hozir fermaning o‘zini montaj ishlari yakunlanay deb qoldi. Kompaniyadagilar dastlabki o‘simliklar noyabr oyida ekilishini va'da qilishmoqda.
Kompaniya qulupnay, salat, pomidor, bodring yetishtirishni mo‘ljallamoqda. Vertikal fermalar ko‘pchilik tomonidan qishloq xo‘jaligining kelajagi sifatida e'tirof etilmoqda. Chunki shaharlarda yer tobora kamayib bormoqda, aholi zichligi esa oshmoqda. Bugungi sur'atlar bilan an'anaviy qishloq xo‘jaligini bu bosimga bardosh bera olmaydi. Bunga yechim sifatida vertikal fermalar o‘rtaga chiqishi mumkin. Teng maydonlarda unda karrasiga ko‘proq mahsulotlar yetishtirish mumkin — bunda zamonaviy texnologiyalar yordamga keladi.
Bunday fermalarni butun dunyo bo‘ylab tarqatish rejasi ham tuzilgan. Amerikaning Plenty startapi jahonning har bir yirik shahrida egatlari maydoni 9 ming kv. metrdan oshiq vertikal fermalar ochishni niyat qilgan. Xabar qilinishicha, bunday fermalardan oddiysiga nisbatan 350 marta ko‘proq hosil yig‘ib olish mumkin.