Facebook yuzni tanish texnologiyasini sinovdan o‘tkaza boshladi 

Fan-texnika 08:00 / 01.10.2017 3143

Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘z foydalanuvchilariga akkauntga kirish ma'lumotlari yo‘qolganda ularni tiklashga imkon beruvchi yuzni tanish texnologiyasini sinashni boshladi.

"Biz foydalanuvchilar akkaunt ularga tegishli ekanini oson va tez tasdiqlay olishlari mumkin bo‘lgan yangi funksiyani sinayapmiz. Bu optsiya foydalanuvchilar qachondir o‘z akkauntlariga u yordamida kirgan qurilmalar uchun ishlaydi. Sms bo‘yicha ikki omilli autentifikatsiya bilan bir qatorda bu funksiya shaxsni tasdiqlashga yordam beradi", deyildi kompaniya xabarida.

Agar yuzni tanish funksiyasi ishonchli va xakerlar hujumiga bardoshli bo‘lib chiqsa, unda ko‘proq sondagi foydalanuvchilarga taqdim qilinadi.

Facebook’da ko‘plab yillar davomida akkauntni ochishning turli usullari qo‘llanib kelingan. Ba'zi hollarda sayt do‘stlar suratini tanishni so‘ragan. Shuningdek, akkauntni tiklash uchun kod oladigan ishonchli kontaktlar ro‘yxatini tuzish taklif qilingan.

Yuzni tanish yordamida qurilmani ochish texnologiyasi Face ID Apple’ning yangi iPhone X smartfonida qo‘llangan. Biroq kompaniya agar smartfon foydalanuvchisi 13 yoshdan kichik bo‘lsa, o‘z egasini adashtirib qo‘yishi mumkinligini tan olgan. 

 

Ko‘proq yangiliklar: