Robot-traktorlar kishloq aholisi qarishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga yordam berishi mumkin. U har qanday ob-havoda va kunning istalgan vaqtida mustaqil ishlay oladi, deb aytdi Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe "Fan va texnologiya jamiyatda" forumidagi nutqida.
"Bunga ijobiy tomondan qaraylik. Bunga yaxshi misol – robototexnika va biz u bilan erisha oladigan natijalar", deb aytdi Abe. Abe buning isboti tariqasida Xokkaydo orolidagi fermani keltirdi. Bu yerda avgustda "bir-biri bilan gaplasha oladigan" 4 ta traktor foydalanishga kiritilgan.
"Bu to‘liq, o‘zi yuruvchi traktorlar", deb aytdi Abe. Abe Kiotoda o‘tgan forum ishtirokchilariga videorolik taqdim qilib, kelajakda robot-traktorlar GPS navigatsiya tizimiga ulanishi va kechayu kunduz, har qanday ob-havoda va hattoki egalari uxlab yotganda ham ishlay olishini aytdi.
"Endi fermerlar qariyotgani xususida tashvishlanmasa ham bo‘ladi", deb aytgan Yaponiya bosh vaziri.
U, shuningdek, forum ishtirokchilari Yaponiya innovatsiya uchun dunyodagi eng ochiq davlatligini aytdi.
"Fan va texnologiya jamiyatda" forumi Kiotoda har yili turli davlatlar hukumatlari vakillari, kompaniya va ilmiy markazlari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.