Saudiyalik shayxzodaning AQShdagi hashamatli uyi

Saudiya Arabistoni shayxi o‘zining AQShdagi dabdabali xonadonlarini ko‘rsatdi
Qirollik oilasi vakillari qanday yashashi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otadi. Ammo hamma badavlat insonlar ham shaxsiy hayotlari, o‘zlarining qanday istiqomat qilayotganliklarini ko‘rsatishni xohlayvermaydi. Biroq Saudiya Arabistoni shahzodasi Navaf bin Sulton bin Abdulaziz Al-Saud o‘ziga tegishli dabdabali apartamentlarini sotuvga qo‘ydi. Shu munosabat bilan aksar xohlovchilar shahzodalar aslida qanday istiqomat qilishlaridan xabar topish imkoniga ega bo‘lishdi.

Apartamentlar Trump Place majmuasida joylashgan
Hashamatli apartamentlar Manxettenning Yuqori Vest-saydida, 31 qavatli Trump Place majmuasidajoylashgan. U 5, 6 va7 qavatlarni egallagan.

Mehmonxonadan Hadson daryosining ajoyib manzarasiga qarab turadi
Uning aniq maydoni aniq emas. Faqatgina majmua ma'muriyati shahzodaga foydalanish uchun 6 ta alohida keng xonani taqdim etgani, ularda ta'mirlash ishlari o‘tkazilganidan so‘ng, qimmat apartamentlarga aylangani aniq. Bir qarashda uning maydoni qanchalik katta ekanini sezish qiyin emas.

Mehmonxonaning o‘zi bir qavatda joylashgan

Mehmonxona maydoni 60 m2
Bugungi kunda bu kvartirada 4 ta yotoqxona bor. Ularning har birining yonida alohida mehmonxona yoddan ko‘tarilmagan. 4 ta yuvinish xonalarida 6 ta vanna va dush xonasi qurilgan.

Apartamentlarda alohida mehmonxonali 4 ta yotoqxona bor

Barcha xonadan Hadson daryosining ajobiy tabiat manzarasidan bahra olish mumkin

Oshxona 18 kishiga mo‘ljallangan

Yotoqxonada ortiqcha bezaklar yo‘q

Yotoqxona va shaxsiy mehmonxona yorqin ranglarga bo‘yalgan

4 ta yuvinish xonasidan biri
Majmua ma'muriyati, shuningdek, shahzoda xavfsizligi borasida jiddiy qayg‘urgan. Uning har bir qavatida maxsus o‘q o‘tkazmaydigan xona bor.

Xonadonning har bir qavatida o‘q o‘tkazmadigan xor mavjud

Saudiya shahzodasining apartamentidagi sport zali
Intereri qoraga uyqash bo‘lgan oq tusda. Dizayni mutlaq e'tibor tortuvchi emas. Bu yerda yaltir-yultir ishlov berilmagan. Yaltiroq yuzalar, loklangan va shishali yuzalar, charm qoplamalar, Italiyaning Calacatta marmari bilan qoplangan xonalar va Baccarat xrustal qandilidan dabdabali muhitni sezish mumkin.

O‘yin xonasidagi bilyard stoli

Shaxsiy SPA-salon
Apartament intererida ortiqcha narsaning o‘zi yo‘q. Hammasi minimalist darajasida.

Bar turg‘ichi
Uning eng e'tiborli jihati – Crestron xavfsizlik tizimidir. U avtomat ravishda tashrif buyuruvchilar, yorug‘lik, TV, jakuzi va boshqalarni nazorat qiladi.

Apartamentlarda Crestron xavfsizlik tizimi ishlaydi

Sigara xonasi alohida havo aylantirish tizimiga ega
Albatta, bu apartamentlar dabdabalidir. Kishini ajablantiradigan jihati shundaki, shayx xonadonida ko‘r-ko‘rona dabdababozlik va oltin tusli bezaklarga ko‘zingiz tushmaydi. Ha, aytgancha, keng ommada mavjud qarashlarga zid ravishda, Saudiya podshohlik oilasi juda zamonaviydir.
Mavzuga oid

10:33 / 11.03.2025
Zelenskiy Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi

16:37 / 10.03.2025
CNN: AQSh Saudiya Arabistonida nafaqat Ukraina, balki Rossiya bilan ham alohida muzokaralar o‘tkazadi

19:00 / 07.03.2025
Bayramlar uchun ajoyib sovg‘a - bu abadiy esda qoladigan sayohat!

21:44 / 04.03.2025