Dunyoda mashhur Google kompaniyasining rasmiy belgisi 2015 yil 1 sentabrda, yangilangan holda namoyish etilgandi. Favikon ramz sifatida kompaniya bosh harfi «G» olingan bo‘lib, shu paytgacha ko‘plab tanqidlarga uchrab kelmoqda. Negaki, mustaqil dizayner va kuzatuvchilar unda geometrik qoidalarning buzilishini aniqlagan va bu holat bir necha marta takrorlandi.
Simmetriya chiziqlari to‘g‘ri o‘tkazilmaganiga e'tibor qiling:
Bu xato tez orada hal qilindi.
Logoning assimetrik shakli dizaynerlarni ko‘p o‘ylantirdi
va yozuvning qalinligi ham.
«Biz logo tasvirning o‘ziga xos jihatlarini matematik aniqlik tamoyillari va maktab o‘quvchisining husnixatdagi tabiiy yozuvi kabi oddiylik bilan saqlab qolmoqchi bo‘ldik», deyiladi kompaniya rasmiy xabarida.