Shaharlarda borgan sari turli xil o‘lchamdagi avtomobillar soni ortib borayotgan biir vaqtda, muqobil transport vositasi, masalan velesiped xarid qilish haqida o‘ylab ko‘rish kerak. Boshqa barcha vositalar kabi velosiped ham buziladi. Mashinalarda bu holatda yukxonasi qo‘l keladi, unda turli asboblar, ehtiyot qismlarini saqlash mumkin. Velesiped bilan esa vaziyat biroz murakkabroq. Uni ta'mirlash haqiqiy bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, g‘ildiraklar havo qo‘yib yuborsa, tashvishning kattasi shu degani.
Demak, ikki g‘ildirakli transport vositasi uchun yordamchi asboblarni yangilash ustida bosh qotirishning ayni vaqti. Yangi mitti nasos bir zumda har qanday balonni havo bilan to‘ldira oladi. Shunday bo‘lsa-da, uni olib yurish mashaqqat tug‘dirmaydi. MiniFumpa cho‘ntakka ham sig‘adi.
To‘g‘ri, buni ham qo‘l nasosi yoki bir martalik gaz ballonlar yordamida hal qilsa bo‘ladi. Ammo, ularning ikkisi ham mitti elektronasos MiniFumpa oldida “ip esholmaydi”.
Xo‘sh, bu nima o‘zi? MiniFumpa – bu ixcham elektronasos bo‘lib, maxsus velosipedlar ishlab chiqilgan. U litiy-polimer akkumulyatorda ishlaydi. Vazni 190 gramm. Pishiq va mustahkam korpusga joylashtirilgan. Bundan tashqari, suv va chang uning uchun chikori. Shuningdek, bexosdan ishga tushishdan himoyalangan. MiniFumpa – haqiqiy ishonchning hayotga tatbiq etilishidir! Gadjyet har qanday velosiped g‘ildiraklariga mos keladi. Atigi 40-50 soniyada bo‘shab qolgan g‘ildirakni havo bilan to‘ldirib, bosimni 8 barga keltiradi.