iPhone X uchun uning narxidan qimmatroq g‘ilof yaratildi

Foto: / IntangibleNerds
Singapurda joylashgan Gray International kompaniyasi iPhone X smartfonlari uchun mo‘ljallangan cheklangan miqdordagi g‘iloflar to‘plamini chiqardi. Bu g‘ilofning narxi smartfonning o‘zining narxidan qimmatroq bo‘lib, 1,3 ming dollarni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda HighSnobiety.
Kompaniya o‘zining g‘iloflarini dunyodagi eng qimmat g‘iloflar deb aytmoqda.
G‘iloflar titandan tayyorlangan. Bu metalldan aerokoinot sanoatida foydalaniladi. Unga olov bilan ishlov berish esa noyob tusga erishishga yordam beradi.
G‘ilofning mustahkam materiali smartfonni tushib ketganda mexanik shikastlardan himoyalaydi.
Mavzuga oid

19:14 / 09.03.2025
Tinchlik metallari: AQSh, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi resurs kelishuvining nimasi g‘alati?

09:00 / 16.12.2018
Apple kompaniyasi iPhone X ko‘rsatkichlarini oshirib ko‘rsatishda ayblandi

01:10 / 23.11.2018
Apple yangi modellariga talab pastligi sababli eski modelini yana ishlab chiqara boshladi

12:36 / 10.11.2018