Yevropada Passenger Drone uchartaksi sinovdan o‘tkazildi

Fan-texnika 21:00 / 29.09.2017 4594

Yevropaning Passenger Drone kompaniyasi ishlab chiqaruvchilari o‘zlarining yo‘lovchi uchar qurilmasining sinovini boshladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, texnika Ehang 184 va Volocopter kabi qurilmalarga munosib raqobat uyg‘ota oladi. Albatta, hozircha, so‘nggi korxonalar o‘z ishlanmalarini Dubayda sinovdan o‘tkazmoqda. Passenger Drone o‘z uchaar taksisini Yevropada sinayapti. 

Passenger Drone yaratuvchilari qurilmaning parvozi aks etgan videoni internet tarmog‘iga joylashtirishdi. Birinchi safaar bo‘lgani uchun uning kabinasiga pilot o‘tirdi. U qurilmaning aerodinamik imkoniyatlari va asosiy tizimlarning parvozdagi holatini sinovdan o‘tkazdi. Dronning yakuniy namunasida boshqaruv jihozlari olib tashlanmaydi. Shunga ko‘ra, u mustaqil va uchuvchi vositasida parvoz qilishi mumkin.

Uning kabinasi vertolyotnikiga o‘xshaydi, ammo undan farqli ravishda uchar taksi 16 ta motor yordamida havoga ko‘tariladi. Bu dronga soatiga 50 km tezlikda yarim soatlar parvoz qilish imkonini beradi. 

Hozircha, uchar taksilar dastlabki sinovdan o‘tmoqda, shu boisdan uning ilk namoyishi kelasi yil boshida bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga uning narxi va seriyali ishlab chiqarilishi ma'lum qilinmayapti. 

Ko‘proq yangiliklar: