Taqqoslash uchun, o‘tgan yili 1300 kishi tomonidan ariza topshirilgan edi, ulardan 700ta IT, marketing va kommunikatsiya sohasi vakillariga taklifnomalar berilgan edi.
Har yili Markaziy Osiyodagi yagona mobil konferensiya mobil sohasining eng qizg‘in tendensiyalarini muhokama qilish uchun dunyoning turli mamlakatlaridan mutaxassislarni yig‘adi.
MobiCon-2017 anjumanining bosh homiysi – Beeline Uzbekistan, konferensiya tashkilotchisi esa Ledokol Group.
Bu yilgi konferensiyada mobil aloqa sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etishadi: Beeline Uzbekistan, Yandex va Odnoklassniki vakillari va taniqli UFOX Abdulla Aydin keladi. Global dastur menejyeri Google va Adwords bilan ishlashning uslublari haqida suhbatlashadi.
Qozog‘istondan bir vaqtning o‘zida ikkita mehmon Toshkentga keladi. Select Communication Group bosh direktori va asoschisi Viktor Yeliseyev va jamoatchilikga tanish bo‘lgan Qozog‘iston Internet-biznes va uyali aloqa assotsiatsiyasi prezidenti Konstantin Gorojankin. Mobicon 2017 doirasida bir kunda 20dan ziyod spikerlar so‘zga chiqadilar.
«MobiCon maydonchasiga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganidan mamnunmiz, bu shuni anglatadiki, bunday tadbirlar soha rivojiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi, kelgusi yil uchun tendensiyalar va istiqbollarni shakllantiradi. Beeline telekommunikatsiya sohasida yetakchi sifatida doimo tendensiyalarni kuzatib boradi va biz tajriba bilan o‘rtoqlashish va hamkasblarimiz bilan fikr almashish, shuningdek, raqamli sanoatning global tendensiyalari bilan tanishish imkoniga ega ekanligimizdan mamnunmiz», - dedi Unitel MChJ tashqi aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Oraz Abdurazakov.
Joriy yilda raqamli, Internet-marketing, mobil texnologiyalar va kommunikatsiyalar sohasida mutaxassislar eng dolzarb professional mavzularda suhbat qurishadi. Misol uchun, bu miqyosda mazkur maydonda birinchi marta ommaviy axborot vositalarining istiqbolli yo‘nalishi sifatida video-bloggerlik masalalari muhokama qilinadi, ekspertlar ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini mobil tijorat, mobil banking va virusli kontent vositalari bilan monetizatsiya qilish masalalari ustida to‘xtalib o‘tadilar. Odatdagidek, eng qizg‘in bahslar eskirgan marketing tushunchalari va uning raqamli shaklga aylanishi, SMM muammolari va ijtimoiy tarmoqlardagi eng faol tendensiyalarga bag‘ishlangan sessiyalarda kutilmoqda.
Shuni ta'kidlash lozim, anjuman ikki yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan rasmiy qo‘llab-quvvatlanmoqda. Axborot-quvvatlashni Rossiya Yandex bozorining IT giganti taqdim etadi.
MobiCon Facebook‘da: facebook.com/mobiconuzb/
Konferentsiyaning rasmiy sayti: mobicon.uz