O‘zbekistonda qor qoplonini muhofaza qilish bo‘yicha yangi loyiha boshlandi

Foto: AFP
2017 yilning 21 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining BMT Taraqqiyot dasturi hamda Global ekologik jamg‘arma bilan hamkorlikdagi «Biologik xilma-xillikning global ahamiyatga ega bo‘lgan turlari uchun muhim bo‘lgan tog‘ hududlarida tabiat resurslaridan hamda o‘rmon xo‘jaligidan barqaror foydalanish» loyihasining boshlanishi munosabati bilan dastlabki seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ta'kidlab o‘tilganidek, mazkur loyihaning maqsadi - O‘zbekistonning yuqori tog‘ tizmalari noyob va boy bioxilma-xilligini muhofaza qilish hamda barqaror foydalanishga ko‘maklashish hisoblanadi.
Loyihani amalga oshirish muddati 5 yil (2017-2022 yillar), umumiy byudjyeti 6,5 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
Mavzuga oid

12:40 / 23.02.2025
Surxondaryodagi milliy tabiat bog‘ida fotoqopqonga qor qoploni tushdi

15:53 / 18.02.2025
Ayrim startap loyihalarga 2 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi

09:59 / 11.01.2025
2025 yilda 307 ta yirik loyiha ishga tushiriladi

15:43 / 05.12.2024