Instagram Stories'dagi jonli translyatsiyalar uchun "niqoblar"ni qo‘shdi

Fan-texnika 14:00 / 22.09.2017 5195

Instagram fotoservisi jonli translyatsiyalar davomida "niqoblanish" imkonini qo‘shdi. Bu haqida kompaniya blogida ma'lum qilindi. 

"Hikoyalar" funksiyasining o‘ng tomon, pastki qismida filtr qo‘shuvchi tugma paydo bo‘ladi. Dastlab "niqoblar"ni faqat oldindan olingan surat, video va "bumeranglar"ga qo‘shish mumkin edi. 

Instagram "jonli" videolar uchun maxsus yangi "niqob" - linzalardagi tasvirni o‘zgartiruvchi quyosh ko‘zoynaklarini qo‘shdi. Efir videotasmasini Stories bo‘limida qoldirish yoki o‘chirish mumkin.

Kompaniyada ta'kidlanishicha, oktabr oyi o‘rtalariga borib, jonli efirlarga mo‘ljallangan filtrlardan barcha birdek foydalanishi mumkin bo‘ladi. 

Instagram jonli translyatsiyalar funksiyasini 2016 yilning noyabrida ishga tushirgan. 2017 yilning may oyida ilovada oldindan olingan video yoki suratni "niqob"lash imkoni paydo bo‘ldi. Ilovaning yangilangan versiyasida shuningdek "xeshteg-stikerlar" va teskari video funksiyasi yo‘lga qo‘yildi. 

Ko‘proq yangiliklar: