Google korporatsiyasi ko‘rinishicha Pavel Durovning kelajakda mustaqil davlat yaratish maslahatiga quloq soladigan ko‘rinadi. Kompaniya ishni aholi punktini qurishdan boshlaydi. Bu loyiha uchun yangi Sidewalk Labs kompaniyasi yaratilgan.
Google’ning tajribaviy shahri qurilishida turli sohalardagi eng oxirgi texnologiyalar qo‘llanadi. Aholi punkti nafaqat maksimal ekologik toza, balki odamlar yashashi uchun juda qulay bo‘ladi. Qurilishni ko‘plab texnik yechimlar sinovdan o‘tkaziladigan kichik tumanni yaratishdan boshlamoqchi. Agar loyiha o‘zining samaradorligini ko‘rsatsa, ushbu tuman atrofida yana bir nechta tuman bunyod etiladi.
Ushbu loyihadan maqsad innovatsion shahar muhiti aholi turmush darajasini ancha oshira olishi va yirik shaharlarning ekologiyaga ta'sirini kamaytirishini isbotlashga urinishdir. Yuqori texnologiyalar nafaqat shahar transporti va infratuzilmasini, balki shaharni boshqarish va uning ijtimoiy xizmatlari sohasini ham qamrab oladi.
Hozircha Google shaharning qurilish joyini oshkor qilmagan. Kompaniya rahbariyati yaqin orada ko‘proq ma'lumot berishga va'da bergan.