Melanya Tramp Zagrebdagi reklamalardagi suratini 24 soat ichida olib tashlashni talab qildi
AQSh prezidenti rafiqasi Melanya Tramp Xorvatiyadagi Amerika instituti Zagreb shahri ko‘chalarida o‘rnatgan reklama bilbordlaridagi suratini 24 soat ichida olib tashlashni talab qildi.
Melanyaning manfaatlarini bildiruvchi advokat Natasha Pirts Musar plakatlarni o‘rnatgan korxona Xorvatiya qonunchiligidan bexabarligi haqida fikr bildirgan. Jumladan, unga ko‘ra biror odamning suratini uning roziligisiz tijorat maqsadlarida qo‘llash taqiqlanadi.

Ma'lum qilinishicha, avvalroq Xorvatiya poytaxti ko‘chalarida AQSh birinchi xonimining AQSh bayrog‘i fonidagi surati tushirilgan reklama bilbordlari paydo bo‘lgandi. Unda "Ingliz tilini oz miqdorda bilgan holda qanchalik uzoqqa borishingizni tasavvur qilib ko‘ring-a!" degan yozuv bo‘lgan. Bu bilan asli sloveniyalik bo‘lgan Melanyaning AQSh birinchi xonimi darajasigacha yetganiga sha'ma qilingan.
Reklama kampaniyasi muallifi Zagrebdagi Amerika instituti bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, ushbu kreativ marketing Melanyaning noroziligiga sabab bo‘lgan va uning vakillari bu holat yuzasidan sudga shikoyat tayyorlashmoqda.
Mavzuga oid

14:42 / 05.03.2025
Reklama qonunchiligini buzgan 30 dan ortiq korxona jarimaga tortildi

13:37 / 27.02.2025
Hindistonda erkak film oldidan haddan uzoq reklama qo‘ygan kinoteatrni sudga berdi va yutib chiqdi

12:08 / 21.12.2024
Zagrebdagi maktabda pichoqli hujum: bir bola halok bo‘ldi, yaralanganlar bor

15:10 / 13.12.2024