Saudiya Arabistoni hukumati benzin va aviayoqilg‘iga imtiyozlarni bekor qilib, ularning narxini dunyo darajasigacha ko‘tarish g‘oyasini muhokama qilmoqda. Bu haqda manbalarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Buning natijasida qirollikda 91-benzin narxi 80 foizga, ya'ni 1,35 rialgacha (0,36 dollargacha) ko‘tarilishi mumkin.
Manbalar bu qaror joriy yilning sentabr-oktabr oylarida qabul qilinishi, narxlar esa 2018 yilda oshishi mumkinligini aytishmoqda.
Ta'kidlanishicha, qirollik 2014 yilda neft arzonlashib ketgandan keyin davlat xarajatlarini qisqartirmoqda. OAVda tushuntirilishicha, byudjyetga bosimni kamaytirish uchun subsidiyalarni qisqartirish lozim.
Qirollikda oxirgi marta yonilg‘i narxi 2015 yilda ko‘tarilgan edi.