Xalqaro to‘lovlar banki dunyoning yashirin qarzi 14 trln dollar ekanini aniqladi

Iqtisodiyot 13:50 / 19.09.2017 10020

Xalqaro to‘lovlar banki birinchi marta vayuta derivativlari ortida yashiringan global dollarli majburiyatlar hajmini ilk marta hisoblab chiqdi. Unga ko‘ra, jahon YaIMning 18 foizini tashkil etuvchi bu qarzdorlik buxgalterlik hisobotlarida ko‘zga tashlanmaydi.
 
AQSh tashqarisidagi nobank tashkilotlarida (xej-fondlar, nomoliyaviy kompaniyalar, davlat idoralari va b.) 13–14 trln dollar miqdorida hisobga olinmagan qarzlar mavjud. Ular valyuta derivativlari, jumladan valyutaa svoplari (FX swaps, currency swaps) va valyuta forvardlari bo‘yicha dollarlii majburiyatlaridir, deya baholagan Xalqaro to‘lovlar banki (BIS).

«Bu qarzlar ko‘rinmay qolishiga sabab — moliyaviy hisob-kitoblar va hisobotlar uni derivativ sifatida qayd etadi, — deb yozadi iqtisodchilar Klaudio Borio, Robert Nil Makkoli va Patrik Makgvayr. — Ular haqida hisobotlarga biriktirilgan eslatmalarda ma'lum qilinadi».

2016 yil oxiriga kelib global valyuta bozoridagi svoplar va forvardlar hajmi BIS ma'lumotlariga ko‘ra, 58 trln dollarni tashkil etgan. Bu Jahon banki axborotiga binoan jahon YaIMning 77 foizini tashkil etadi. Mazkur shartnomalarning kamida 90 foizida valyutalardan biri sifatida Amerika dollari tanlangan. 

Ko‘proq yangiliklar: