iPhone 8 va iPhone X eng zo‘r Android-smartfonlardan ikki karra o‘zib ketdi

Fan-texnika 22:20 / 18.09.2017 22036

Yangi Apple A11 Bionic chipseti sinovlarining ilk  natijalari paydo bo‘lganidan buyon kompaniyaning yangi smartfonlari haqiqatan xaridorgir bo‘lishi ayon bo‘lgandi. Biroq Hi-Tech'da ta'kidlanishicha, iPhone 8 va iPhone X smartfonlarining Geekbench kross-platforma sinovida Samsung Galaxy S8, Note 8 yoki S8 + qurilmalaridan ikki karra o‘zib ketishi ko‘pchilikning xayoliga ham kelmagan.  

Geekbench testlarida Android va iOS'dagi barcha top qurilmalar endi 10 nanometrli chipsetlarni namoyish qilmoqda - Android'da Snapdragon 835 va Exynos 8895 bor, Apple'ning A11'li yangi smartfonlari esa relizga qadar barcha ro‘yxatlarning eng yuqori satrlaridan o‘rin olib ulgurgan. Jadvalda keltirilgandek, iPhone 8, 8 Plus yoki  iPhone X'ning bir yadroli baholari Android smartfonlarining bari taklif qilishi mumkin bo‘lganidan-da ikki karradan ko‘proq va ko‘p yadroli testlardagidan 50 foiz yuqori.

Hatto kelgusi yil bahorda Android-flagmanlarning 7/8-nanometrga o‘tishini ko‘rsak ham, baribir, ular bunday natijalarga erisha olmaydi. 

Shu tariqa, Apple A11 Bionic - ayni vaqtda to‘ldirilgan reallikni shakllantirish va bir soniya ham ikkilanmay, tezligi 60 kadrga teng 4K videolarni olishga qodir chipsetlar "kiborgi" hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: