Slack korporativ messenjeri navbatdagi moliyalashtirish jarayonidan so‘ng 5,1 mlrd. dollarga baholandi. Bu haqda Financial Times yozmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, messenjer investitsiyalarning so‘nggi bosqichida 250 mln dollarni jalb qilgan. Sarmoyalarning katta qismi Vision Fund’dan kelgan.
Slack ijrochi direktori Styuart Batterfildning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya aksiyalarni birlamchi ochiq joylashtirish (IPO) uchun mo‘ljallangan, biroq bu 2018 yilga qadar ro‘y bermaydi. Uning ta'kidlashicha, bunga Slack’ning «yoshi» va uning biznes-maqsadlarga hozirgi paytda mos emasligi sababdir.
«Bu g‘alati dunyo. Agarda, hammasi 10 yil muqaddam ro‘y berganida, biz IPO’ga chiqqan bo‘lardik», - deya ta'kidlab o‘tdi Batterfild.