O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmon doiralari 1,2 mlrd dollarlik kelishuvlarni imzolashdi 

Iqtisodiyot 21:00 / 16.09.2017 8428

O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmon doiralari Toshkentdagi biznes-forum natijalariga ko‘ra umumiy qiymati 1,2 mlrd dollarlik kelishuvlarni imzolashdi. Bu haqda UzDaily nashriga O‘zbekistonning investitsiyalar davlat qo‘mitasi matbuot-xizmatida ma'lum qilindi. 

2017 yil 16 sentabrda Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Biznes-forum Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning O‘zbekistonga tashrifi doirasida tashkil etildi.

Tadbirdan asosiy maqsad ikki davlat iqtisodiyotlarining turli sohalaridagi kompaniyalar o‘rtasida yangi sifat darajasidagi kooperatsion aloqalarni o‘rnatish va mustahkamlash, qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish va qo‘shma korxonalar yaratishdan iborat bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: