Mack kompaniyasi yangi avloddagi yuk mashinasini taqdim qildi

Fan-texnika 23:01 / 16.09.2017 10697

AQShning Mack kompaniyasi yangi avloddagi Anthem yuk mashinasini taqdim qildi. Mack Anthem sharafiga matbuot-anjumani tashkillashtirildi. 

Kompaniya dizaynerlari yangi mashinada “haqiqiy amerikancha yuk mashinasi” siymosini gavdalantirishga va shu bilan birga Mack’ni bir qarashda tanish mumkin bo‘lishi uchun unga xos jihatlarni saqlab qolishga harakat qilishgan.  

Foto: kolesa.ru

Kompaniyada ta'kidlanishicha, yangi avloddagi Anthem 1,5-3 foizga tejamroq va shinamroq qilib ishlangan. Kabinaning eng keng versiyasi yangi komponovka hisobiga 35 foiz ko‘proq joy va 178 sm li yotoq joyi, ko‘proq tokchalar, shkaflar va ish sirti olgan. Kabinada yangi o‘rindiqlar va ko‘plab rozetkalar o‘rnatilgan. Knopkalardagi yozuv va belgilar lazerda tushirilgan va endi ular o‘chib ketmaydi.  

Foto: kolesa.ru
Foto: kolesa.ru

Yuk mashinasining dvigatellari qatoridan MP seriyadagi dvigatellar joy olgan. Misol uchun, model qatori boshida 13 litrli, 505 ot kuchiga ega Mack MP8 turadi, undan keyin esa 11 litrli, 425 ot kuchiga ega MP7 keladi. Barcha dvigatellar 12 ta tezlikli uzatmalar qutisi mDRIVE AMT bilan bigralikda ishlaydi, biroq qo‘shimcha ravishda 13 va 14 ta tezlikli uzatmalar qutisi ham taklif etiladi.

Nazvaniye
Foto: kolesa.ru

 

Ko‘proq yangiliklar: