Yaponiyalik dilerlar Mazda kompaniyasining yangi CX-8 uch qatorli yo‘ltanlamasi uchun buyurtmalar qabul qilishni boshladi, «jonli» savdolar qishda start oladi.
Mazda’ning yangi CX-8 yo‘ltanlamasi uy bozori uchun maxsus ishlab chiqilgan. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, u CX-9 kabi negizda yaratilgan. Ta'kidlab o‘tish lozim, Yaponiyada «to‘qqiztalik» sotilmaydi.
Yangilikning uzunligi 4 900 mm, kengligi - 1 840 mm, balandligi esa - 1 730 mm.ga teng, g‘ildirak bazasi o‘lchami 2 930 mm.ni tashkil etadi. Krossover olti yoki yetti o‘rinli nusxada taklif qilinadi. Yukxonaning minimal hajmi - 239 litr, agarda o‘rindiqlarni uch qatorga birlashtirsa, bu ko‘rsatkich 572 litrga qadar oshadi.
Yo‘ltanlamas quvvati 190 ot kuchiga ega bo‘lgan modernizatsiyalangan dizelli SkyActive-D 2.2 bilan jihozlanadi. Motor olti diapazonli «avtomat»ga uyg‘unlashadi. Uzatma – oldingi yoki to‘la.
Mazda CX-8 uskunalari ro‘yxatiga nusxaga ko‘ra quyidagilar kirishi mumkin: nur diodli adaptiv faralar, 17 yoki 19 dyuymli disklar, teri bilan qoplangan salon, sensorli ekranga ega multimediya majmui, aylanma videoko‘rish, yo‘l belgilarini farqlash, tezkorlik bilan avtomatik to‘xtash, egallangan polosadan chiqib ketayotgani haqida ogohlantirish, «zaif» zonalarni kuzatib borish tizimlari.
Shuningdek, CX-8’ning barcha nusxalarida G-Vectoring Control (GVC) tizimi bor.
Yaponiyada yangi yo‘ltanlamas uchun buyurtmalarni qabul qilish boshlandi, narxi - 3 196 800 iyena. Savdolar dekabrda boshlanadi, kompaniya har oyda 1 200 ta shunday avtomobilni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Yangi avtomashina mamlakatdan tashqarida paydo bo‘lmaydi.