Markaziy bank: "Valyutani sotib olishning naqd ko‘rinishiga qadamma-qadam o‘tiladi"

Iqtisodiyot 16:28 / 14.09.2017 22628

O‘zbekistonda valyutani sotib olishning naqd ko‘rinishiga qadamma-qadam o‘tiladi. Bu haqida Markaziy bank (MB) raisining birinchi o‘rinbosari Temur Ishmetov 14 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan MB tadbirida ma'lum qildi. 

"Hozircha valyutani sotib olish maxsus kartaga mablag‘larni yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilmoqda. Keyinchalik, qadamma-qadam uning naqd ko‘rinishiga ham o‘tiladi. Gap bir necha oy haqida ketmoqda", - dedi MB vakili KUN.UZ muxbirining chet eldan keltiriluvchi dori-darmonlar va naqd pul borasida yuzaga keluvchi muammolarga doir savoliga. 

Shu o‘rinda Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari bugungi kunda hukumat dori-darmonlar narxini pasaytirishga jiddiy e'tibor qaratayotganini ta'kidlab, quyidagi ma'lumotlar bilan bo‘lishdi. 

"Hukumat bu masalaga jiddiy e'tibor qaratmoqda. 2017 yilda kasalxonalar uchun ajratilgan mablag‘lar miqdori 70 million dollardan 140 million dollarga, ya'ni ikki barobarga oshirildi. Keyinchalik bundan-da oshirib boriladi". 

2018 yilning ikkinchi yarmida "Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonun yangi tahrirdan chiqishi ma'lum qilindi. U vaqtga qadar esa, bu yo‘nalishda yana qanday ishlar qilish mumkinligi, o‘zgarishlarning mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta'sir ko‘rsatishi kuzatiladi, so‘ngra aholining talab va takliflaridan kelib chiqqan holda Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun tahrirlanishi ta'kidlandi. 

Ko‘proq yangiliklar: