Eksportchilar o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarruf qilish huquqiga ega

Iqtisodiyot 17:10 / 14.09.2017 11170

Eksportchilar eksportdan kelib tushgan o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarruf etish va hech qanday to‘siqlarsiz xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish, tovarlar importi uchun sarflash yoki milliy valyutadagi xarajatlarni amalga oshirish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka yoki valyuta birjasida (bank orqali) sotish huquqiga ega. KUN.UZ muxbiri Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Temur Ishmetovning bayonotiga asoslanib, shu haqida ma'lum qildi. 

"Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatiga kiradi. Oxirgi farmonda majburiy to‘lov degan narsaning o‘zi yo‘q. Milliy valyutaga ehtiyoj tug‘ilsa, bankda almashtiradi", - dedi mutaxassis. 

Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi 5177–sonli “Valyuta siyosatini erkinlashtirishning ustuvor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini e'lon qilindi. Natijada 2017 yilning 5 sentabridan boshlab barcha tadbirkorlik sub'yektlari eksport qilinayotgan tovarlar turi va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning mulkchilik shaklidan qat'i nazar, eksport amaliyotlari bo‘yicha kelib tushgan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy tartibda sotishlariga qo‘yilgan talab bekor qilindi. 

Ko‘proq yangiliklar: