Dunyodagi eng badavlat 8 kishi 8 mlrd dollarga boyidi

Iqtisodiyot 18:48 / 13.09.2017 18969

Forbes global reytingida birinchi sakkiz pog‘onani egallab turgan tadbirkorlar bir sutkaning ichida 8,3 mlrd dollarga boyishdi. Bundan Forbes Real Time ma'lumotlari darak bermoqda. Ro‘yxat yetakchisi – Microsoft asoschisi Bill Geyts o‘z davlatini “atigi” 277 mln dollarga ko‘paytirib oldi - 85,3 mlrd dollargacha. Bunga dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi aksiyalarining 12 sentabr kuni 1,05 foizga o‘sgani sabab bo‘ldi.

Amazon aksiyalari ham o‘smoqda – ular 1,25 foizga qimmatlashdi hamda bir dona uchun 977,9 dollarlik darajada savdo qilinmoqda. Bu internet-reteyler asoschisi Jyeff Bezosga o‘z davlatini 83,3 mlrd dollarga yetkazib olish imkonini berdi. Shunisi qiziqki, u va Geyts o‘rtasidagi farq hamon ancha katta ($2 mlrd).

Zara brendi egasi Amansio Ortega bir kun ichida 2,2 mlrd dollarga boyidi, biroq 82,2 mlrd dollar bilan hamon uchinchi o‘rinda qolmoqda.

“Omaxalik bashoratchi” Uorren Baffet 926 mln dollarga boyroq bo‘ldi. Hozirda uning davlati 76,4 mlrd dollarga baholanmoqda, u Forbes Real Time reytingida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Facebook asoschisi Mark Tsukerberg pullarini 1 mlrd dollarga ko‘paytirib oldi – 72,1 mlrd dollargacha.

Meksikalik magnat Karlos Slim ham boyishda davom etmoqda. Uning eng asosiy aktivi - America Movil xodimlari ish tashlash uyushtirishganiga qaramay, uning davlati yarim kun ichida 661 mln dollarga ko‘payib, 70,1 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Forbes Real Time’da yettinchi o‘rinni Oracle hamasoschisi va bosh direktori Larri Elliso egallab turibdi (+$975 mln - $63,5 mlrd). Forbes talqini bo‘yicha eng boy tadbirkorlar sakkizligi ro‘yxatiga Fransiyaning eng badavlat fuqarosi Bernara Arno yakun yasab berdi (+$1,3 mlrd - $58,4 mlrd).

Ko‘proq yangiliklar: