Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash tartibi tasdiqlandi

O‘zbekiston 10:21 / 30.11.2024 2599

Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar belgilangan:

  • yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek favqulodda holatlarning oldini olish va bartaraf etish choralarini tashkil etish tartibi;
  • videokuzatuv kameralari, signalizatsiya tizimlari, yong‘in signalizatsiyasi, tez yordam chaqirish tugmachalari va ovozli xabarnoma vositalari kabi xavfsizlik vositalari bilan yirik bozorlarni jihozlash talablari;
  • jamoat tartibini va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bo‘limlar (idoraviy xizmatlar) xodimlarining (harbiy xizmatchilarning) huquq va majburiyatlari;
  • obekt ma’muriyati, sotuvchilar va obektga keluvchi shaxslarning jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi huquq va majburiyatlari.

Hujjatda O‘zbekiston hududidagi yirik bozorlarning tasdiqlangan ro‘yxati ham keltirilgan.

Yirik bozor – Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari tomonidan belgilanadigan joylarda doimiy yoki vaqtincha faoliyat yurituvchi 300 va undan ko‘p doimiy savdo nuqtalari va do‘konlari bo‘lgan mol-mulk majmuasi.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 01.03.2025 yildan kuchga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: