Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bankdagi tanishlari orqali tadbirkorga 10 mlrd so‘m ajratib berishini aytgan shaxslar ushlandi
Xorazm viloyatida 110 ming dollar, Toshkentda 5 ming dollar olayotgan shaxslar ushlandi.

Foto: Prokuratura departamenti
Xorazm viloyati va Toshkent shahrida kredit mablag‘lari ajratilishiga yordam berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Tashkilotning Bog‘ot tumani bo‘limi o‘tkazgan tezkor tadbirda I.Yu. va X.N. ismli shaxslar qo‘lga tushgan. Ular tadbirkor S.M.ning ishonchiga kirib, o‘zlarini go‘yoki bank xodimi sifatida tanishtirgan va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishi hamda subsidiya asosida uy-joy olishi uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 10 milliard so‘m kredit mablag‘i ajratilishida yordam berishini aytgan. Ular xizmati evaziga 110 ming dollar talab qilib, oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Boshqa holatda departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqarolar D.M. (muqaddam sudlangan) va J.I. 5000 dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, ular D.Ph. MChJning ta’sischisi va rahbari N.I.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki bankda ishlovchi tanishlari yordamida 1 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratib bermoqchi bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning ultimatumidan keyin Putin: «Oreshnik»ni seriyali chiqara boshladik»
Jahon | 20:07
-
Toshkent viloyatida bir qancha gaz «zapravkalari» faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
O‘zbekiston | 19:34
-
Qirg‘izistonda 1 sentabrdan yo‘llarda haydovchilarning qoidalar bo‘yicha bilimini tekshirish boshlanadi
Jahon | 19:26
-
Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport quriladi
O‘zbekiston | 19:19
Mavzuga oid

14:58 / 17.07.2025
Xorazmda saksovulfurushlarni ta’qib qilgan inspektorlar kaltaklandi

10:02 / 28.06.2025
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi qo‘lga olindi

17:14 / 26.06.2025
Suv, quyosh va innovatsiya: xorazmlik fermerlar qanday qilib hosildorlik va daromadni oshirmoqda?

14:12 / 25.06.2025