Oq uyning strategik masalalar bo‘yicha sobiq maslahatchisi Stiv Bennonning South China Morning Post gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushiga yo‘l qo‘ymaslikning iloji bor.
«Mening fikrimcha, biz har ikki davlatga ziyon keltiruvchi savdo urushini chetlab o‘tishimiz mumkin. Biz qandaydir yo‘l bilan kelishib olishimiz darkor», - dedi Honkongdagi investitsion forumga tashrif buyurgan Bennon.
Uning ta'kidlashicha, AQSh Xitoy tomonidan intellektual huquqlarning ehtimoliy buzilishi ishi bo‘yicha tergov natijalarini Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Pekinga tashrif buyurishidan avval e'lon qiladi. Tashrif esa noyabr oyiga rejalashtirilgan.
Avvalroq Tramp kuz oxiriga qadar Xitoyga tashrif buyurishi xabar berilgandi.