Shveytsariya shaharlari davlat xizmatlari uchun kriptovalyutada to‘lov qabul qila boshlashdi

Iqtisodiyot 22:08 / 12.09.2017 5042

Shveytsariyaning Tsuga shahrida 2017 yilning 1 iyulidan boshlab tajriba tariqasida mahalliy aholi davlat xizmatlari uchun kriptovalyutada to‘lov qilish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda, deb xabar beradi hi-news.ru.

Tajribaning sinov bosqichida bir martalik to‘lovlar miqdori hozircha 200 frank bilan chegaralangan.

Ikki oy ichida Tsuga shahrida istiqomat qiluvchilar shahar xazinasiga 40 bitkoin to‘lashgan va bu mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruv organlarining kutganidan ham ziyoda bo‘lgan, shu sababli tajriba davom ettirilmoqda. Yaqinda Tsugaga yana bir shahar Kiasso qo‘shildi va bu yerda to‘lovning maksimal miqdori ham 250 frankka ko‘tarildi.

Ilgari davlat xizmatlari uchun bitkoinni ham qabul qilish qaroriga hukumat hadeganda kelavermayotgan edi. Bu sohaning ekspertlari bilan ko‘plab maslahatlashuvlar va turli nyuanslarni e'tiborga olish ortidan qaror qabul qilingan edi. Blokcheyn texnologiyasini rivojlantirayotgan bir qator kompaniyalar shahar bilan hamkorlik qilish istagini bildirishgan va kriptovalyutalardan turli hisoblarni yopish uchun foydalanish qarori darhol chiqarilgan.

Shahar meri Bruno Arrigonining aytishicha, kelajakda Kiasso blokcheyn texnologiyalari markaziga aylanishi mumkin, shu sababdan bunday taklifdan voz kechish qiyin bo‘lgan. Merning umid qilishicha, bunday yangiliklar va innovatsiyalarga nisbatan ochiqlik namoyishi shaharga yangi kompaniyalarni jalb qilib, uni biznes uchun jozibador qiladi.

Bitkoin yoki kriptovalyutalar nima, u dollardan ham qudratlimi? Bu valyuta haqida batafsil shu yerda o‘qing.

Ko‘proq yangiliklar: