Saudiya Arabistoni Rossiyadan go‘sht va tuxum importiga taqiqni bekor qildi

Iqtisodiyot 08:41 / 12.09.2017 8211

Saudiya Arabistoni oziq-ovqat va dori-darmonlar bo‘yicha bosh boshqarmasi RFdan go‘sht importiga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiqni bekor qildi. Bu haqda bosh boshqarma rasmiy saytida e'lon qilindi

Unda ta'kidlanishicha, mamlakatga Rossiya Federatsiyasidan mol, qo‘y, echki va parranda go‘shti, go‘sht mahsulotlari va tuxum yetkazib berishga ruxsat beriladi. "Qaror texnik guruh tavsiyalari asosida qabul qilindi. Ushbu guruh Rossiyaning sohadagi mas'ul idoralari tomonidan oqsuv va parranda grippiga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirayotgan choralari hamda yirik boshli chorva mollari, qo‘y, echki, parranda go‘shtlarini qayta ishlashni nazorat qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha choralarini diqqat bilan o‘rgandi", - deyiladi matnda. 

Rosselxoznadzor vakili Yuliya Melanoning TASS agentligiga bildirishicha, boshqarma Saudiya Arabistoni bosh boshqarmasidan ushbu masala va o‘zlarining qarori yuzasidan bildirishnoma olgan. 

"Endilikda, Rosselxoznadzor texnik tomonlarini aniqlab olishi va yetkazib berish shartlarini o‘rganishi kerak, shundan keyingina eksport qilish mumkin bo‘ladi", - degan Melano.

Saudiya Arabistoni inspektorlari 2017 yil 15-23 may kunlari nazorat ishlarini o‘tkazish maqsadida Moskva, Bryansk, Kaliningrad, Penza viloyatlari va Stavropol o‘lkasiga borishgan edi.
 

Ko‘proq yangiliklar: