Renault kompaniyasi “aqlli” uy bilan energiya bo‘lishadigan mashinani namoyish qildi

Fan-texnika 23:52 / 12.09.2017 5133

Renault kompaniyasi Frankfurt avtosaloniga Symbioz kontseptini olib keldi. Mashina saloni uy intererining davomiga aylanishi kerak. Aqlli uy tizimiga kiritilgan avtomobil avtopilot va elektr kuch qurilmasi bilan jihozlangan.

Modelning o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, avtomobil inson ehtiyojlarini bila oladigan sun'iy  ong boshqaruvidagi yagona intellektual tarmoq orqali uy bilan energiya bo‘lisha oladi. Misol uchun, mashina tig‘iz vaqtlarda o‘z energiyasini uydagi chiroqlar, ekranlar va maishiy texnika ishlashi uchun berishi mumkin. Ya'ni avtomobil favqulodda vaziyatlarda zaxiradagi energiya manbai bo‘ladi. 

Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru

Uydan tashqarida prototip avtopilot bilan boshqariladi: birinchi va ikkinchi o‘rindiqlari bir-birlariga qarab joylashadi va multimedia tizimi yo‘lovchilarning didlariga mos tarzda avtomatik ravishda o‘zgaradi.

Joriy yil oxirigacha “Reno” Symbioz’da ko‘rsatilgan ko‘pchilik elementlar hayotga tatbiq qilinadigan yana bir kontseptni taqdim qilmoqchi. Bu avtomobil brendning modellar qatori 2023 yilgacha qanday rivojlanishini ko‘rsatadi.  

Foto: motor.ru

Mashina 680 ot kuchiga ega dvigatel oladi. Dvigatel 72 kilovatt-soatlik sig‘imga ega batareyalar komplektidan quvvat oladi. Avtomobil ilk 100 km ga 6 soniyada erisha oladi.

Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru

Symbioz’ni yaratishda LG (interfeyslarni yaratish), Ubisoft (virtual reallik texnologiyalari), Devialet (audiotizim), IAV (avtonom haydash) va TomTom (geoma'lumotlar) kompaniyalari ishtirok etgan.

Foto: motor.ru
Ko‘proq yangiliklar: