Nomura: Turkiya iqtisodiyoti 5,5 foizgacha o‘sadi

Iqtisodiyot 13:36 / 12.09.2017 5593

Yaponiyaning moliyaviy sohada faoliyat yurituvchi Nomura kompaniyasi Turkiyaning 2017 yilgi iqtisodiy o‘sishini qayta baholadi. Unga ko‘ra, bu raqam 4,2 foizdan 5,5 foizga o‘zgartirilgan.

Joriy yil ikkinchi choragida Turkiya iqtisodiyoti 5,1 foizga o‘sgan. Hisobotga ko‘ra, bunga qurilish va eksportning oshgani turtki bergan. 

Kompaniya shundan kelib chiqqan holda Turkiya iqtisodiyot o‘sishiga doir taxminlarni ko‘tarishga qaror qilgan. Joriy yil ikkinchi choragida qurilish sohasiga kiritilgan sarmoya 25 foizga ortgan va 2013 yil birinchi choragidan buyon eng yuqori ko‘rsatkichga yetgan, deyiladi hisobotda. 

Turkiya YaIM o‘sishining yana bir omili – bu eksport hajmining ortishi bo‘ldi. Yillik hisobda import 2,3 foizga, eksport esa 10,5 foizga oshgan.

Kompaniyaga ko‘ra, Turkiya YaIM uchinchi chorakda 7 foizga o‘sishi mumkin. Bu esa, yil oxirida o‘rtacha yillik o‘sishning 5 foizdan ortiq bo‘lishini ta'minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: