Lenovo yangi ThinkPad noutbuklarini namoyish etdi

Fan-texnika 14:16 / 12.09.2017 4849

Lenovo kompaniyasi ThinkPad qatoridagi yangi noutbuklarini namoyish etdi. RgRuDigital'da ma'lum qilinshicha, yangi qurilmalar AMD texnologiyalar bazasida qurilgan. 

ThinkPad A275 va A475 modellari xitoyliklar kengaytirishga va'da berayotgan korporativ lineykadagi endigina birinchi noutbuklardir. Modellar oltinchi yoki yettinchi avlod AMD PRO protsessorlari, AMD Radeon R7 integratsiyalashgan grafik protsessori bilan taqdim etiladi. Bu ayniqsa ishdan bo‘sh vaqtda o‘yin o‘ynashni yaxshi ko‘ruvchilarga ma'qul keladi. 

275-modelning ekran diagonali - 12,5 dyuym va 475-modelniki esa - 14 dyuym. Bundan tashqari, yangi noutbuklar operativ xotira hajmi bilan ajralib turadi: A275 - 16 Gb, A475 - 32 Gb. Kenja model to‘ng‘ichidan (1,63 kg) 300 grammga yengil - 1,36 kg. 

Yangi ThinkPad noutbuki LTE mobil tarmoqlar bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi, interfeyslardan USB 3.0 va Type-C, HDMI va RJ45 o‘ymasi. Ma'lumotlarni himoyalash uchun Match on Chip barmoq izlari skaneri qo‘llaniladi. 

Foto: Lenovo 

Shuningdek noutbuklar kuchli batareya bilan ta'minlangan - ishlab chiqaruvchi 10 soatgacha avtonom ishlashga va'da bermoqda. 

Yangi noutbuklar 2017 yilning noyabrida sotuvga chiqadi, lekin kompaniya narxlarga doir ma'lumotlarni berganicha yo‘q. 

Raqiblarga keladigan bo‘lsak, yangi ThinkPad korporativ segmentda HP'ning EliteBook, ASUS'ning ZenBook va Apple'ning MacBook Pro noutbuklari bilan bellashadi. 

Ko‘proq yangiliklar: