Apple kompaniyasi 12 sentabrdagi taqdimotida yangi iPhone 8 va 8 Plus smartfonlarini namoyish etdi.
Qurilmaning o‘ziga xos jihatlaridan biri - uning orqa qopqog‘ining to‘liq shishadan ishlanganida.
Ikki model ekranlarining diagonali avvalgi qurilmalari diagonaliga teng. Yangi protsessor esa - olti yadroli A11.
Smartfonlarning asosiy kameralari yangi sensorlar va 12 Mp'ga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari, smartfonda to‘ldirilgan reallik funksiyasi paydo bo‘ladi.
Smartfonlar uch xil rangda taqdim etiladi.
Shu bilan birga taqdimotda Apple kompaniyasining yangi mahsuloti iPhone X namoyish qilinishi kutilmoqda.