RM Sotheby’s kim oshdi savdo uyi noyob Ferrari 365 GTB/4 Daytona Berlinetta Alloy by Scaglietti mashinasini 1,8 million yevroga sotishga muvaffaq bo‘ldi. Savdolar sentabr oyi boshida Forano poyga yo‘lida Leggenda e Passione tadbiri doirasida tashkil etildi, deb xabar bermoqda Motor.ru.
Sotilgan avtomobil – «Daytona» poyga mashinasining yagona mavjud nusxasi bo‘lib, umumfoydalanishdagi yo‘llar uchun maxsus ishlab chiqarilgandir. U alyuminiyli kuzovga ega bo‘lib, old yoritqich chiroqlari organik shishadan yasalgan. Elektr oyna ko‘targichlar bilan jihozlangan, saloniga qora charm bilan ishlov berilgan. U bor-yo‘g‘i 36,4 ming km yo‘l bosgan.
Umuman,ushbu mashinadan poygalarda qatnashishi uchun 5 dona ishlab chiqilgan. 365 GTB/4 jami soni esa 1200 tani tashkil etadi. Sportkar 1969-1973 yillarda ishlab chiqilgan.
Shassi raqami 12653 va Scaglietti dizayn atelesida qayta jilolangan avtomobil 1969 yili zavoddan chiqqan, 1971 yili bir necha egasini o‘zgartirib, yaponiyalik dilerga borib tushgan. Alaloqibat «Daytona»ni o‘z garajida 40 yil saqlashga ahd qilgan Makoto Takai xarid qildi.