Dunyoda mualliflik huquqi ustuvorligiga rioya qilinayotgan bir vaqtda, qaroqchilik mahsulotlari asta-sekinlik bilan past foizlarga ega bo‘ladi. Bu jarayon, toki yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilarining xitoylik olg‘ir tadbirkorlar bilan sudlashayotgani ma'lum bo‘lmaguncha davom etadi. Motor.ru mazkur maqolasida Ford va Geely nimani bo‘lisha olmagani, Land Rover qaysi jihatlari bilan Landwind avtomobillariga o‘xshab ketishini taqqoslagan.
BMW Shuanghuan kompaniyasiga qarshi
Hozirda Brilliance brendi nomi ostida ishlab chiqilayotgan mahsulotlar qatorida BMW X1 yo‘ltanlamasining original namunasiga o‘xshash model ham bor. Hammasi boshlanganda esa, rasmiy kelishuvlar haqida gap ham bo‘lmagan. Shu boisdan ham 2007 yili BMW kompaniyasi Shuanghuan Automobile Co. kompaniyasiga X5 (Ye53) mashinasidan nusxa ko‘chirishda aybladi. Uning xitoycha kloni Shuanghuan Sceo deb nomlangandi. Myunxen sudi «soxta» yo‘ltanlamaslarni Germaniyada sotilishini taqiqladi, ammo BMW boshqa mamlakatlarda shunday yutuqqa erisha olmadi.
Honda ham Shuanghuan kompaniyasiga da'vo qilmoqda
Yaponiyaning Honda kompaniyasi da'vo qilishicha, Xitoyning Shuanghuan Automobile Co. kompaniyasining negadir Shuanghuan S-RV avtomobili Honda CR-V modeliga o‘xshab ketadi. U nafaqat tashqi ko‘rinishidan, balki nomi bilan o‘xshab ketadi. Dastavval, yaponlar shunchaki mashinani ishlab chiqarishni to‘xtatishni so‘rashdi, ammo ularga hech kim e'tibor bermagani sababli ish Pekin sudigacha bordi. Lekin sud Shuanghuan faoliyatida shu kabi boshqa holatlarda bo‘lgani kabi birorta nojo‘ya harakatni ko‘rmadi.
Mercedes-Benz VS Shuanghuan
Dunyoning yana bir yirik Mercedes-Benz avtomobilsozlik kompaniyasi ham Xitoyning Shuanghuan Automobile Co.ga qarshi Noble modeli tufayli yurish boshlashga majbur bo‘ldi. Oddiy ko‘z bilan ham uning avvalgi Smart ForTwo modeliga juda ham o‘xshashligini ko‘rish mumkin. Biroq, Daimler konserni o‘zining haq ekanini batamom isbotlay olmadi. Chunki avtomobillar turli narx toifasiga kiradi va mutlaq o‘zgacha tuzilgan. Masalan, Noble old motorli, 4 o‘rindiqqa ega avtomobildir. Shu sababli, Gretsiyada Shuanghuan Noble sotilishiga hech qanday to‘siq paydo bo‘lgani yo‘q.
Fiat «Buyuk devor»ga qarshi
2006 yil dekabrida Italiyaning Fiat kompaniyasi Xitoyning yana bir Great Wall kompaniyasini sudga berdi. Italyanlarning fikricha, «Buyuk devor» firmasi ommabop Panda modelidan nusxa ko‘chirilgan Peri shunchalik ham o‘xshashki, hatto eshiklarini bemalol almashtirish mumkin. Alaloqibat, Turin sudi «Made in China» mashinasini Yevropada sotilishini taqiqladi va Great Wall firmasini ogohlantirdi: kompaniya YeIga import qilingan har bir Peri uchun 50 ming yevro to‘laydi. Lekin, shu bilan ish bitdi, desangiz xato qilasiz. Xitoyliklar ham qarshi da'vo arizasi kiritib, anoyi emasliklarini namoyish qilishdi. Ularga ko‘ra, ish aksincha bo‘lgan, ya'ni, aslida Fiat kompaniyasi Great Wall g‘oyasini o‘g‘irlagan. Nima bo‘lganda ham hozirda bu voqeani hech yodga olishni xohlamaydi, chunki Great Wall Chrysler Fiat konsernining yangi egasi bo‘lishi ehtimolijuda yuqori.
Porsche Zote’ga qarshi
2015 yili Germaniyaning boshqa bir kompaniyasi Porsche o‘zining mualliflik huquqlarini himoya qilishga urinib ko‘rdi. Uning ta'kidlashicha, Macan Xitoyning Zote firmasi tomonidan ko‘chirilgan. Biroq, bu ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Nemislar erisha olgan birgina yutuq avtomobilning YeI hududida sotilishi taqiqlanishi bo‘ldi, xolos. Dunyoning eng yirik avtobozori bo‘lmish Xitoyning o‘zida Zote Z700 (yoki SR9) hamon yaxshi xaridorga ega. Axir, uning narxi Porsche mashinasidan sezilarli arzon.
Land Rover – Landwind sudlashuvi
Land Rover va Landwind kompaniyalarining sudlashuvi esa hamon davom etayotgani bilan e'tiborlidir. Landwind X7 – mashhur Range Rover Evoque krossoverining – Xitoydagi «o‘xshash chehra»si hamon sotilmoqda. Yaqinginada o‘ziga xos hodisa ham qayd etildi Range Rover Evoque va Landwind X7 to‘qnashib ketdi.
Daewoo va Chery olishuvi ham natija bermadi
Xitoyda ishlab chiqilayotgan avtomobillar orasida paydo bo‘lgan Chery QQ xetchbeki General Motors kompaniyasini hang-u mang holatga solib qo‘ydi. Axir arzongina mitti avtomobil ko‘chirmakashlik mahsuli bo‘lishi mumkinligini kim ham o‘ylabdi, deysiz? Ammo, lekin, biroq... bir yildan ortiqroq davom etgan sud tortishuvlari hech qanday natija bermadi. QQ dunyo bo‘ylab sotilishda davom etdi. Albatta, uning dizayni shunchalik keskin o‘zgardi-ki... birinchi avlod Citroen C1 modelini yodga sola boshladi.
Ford va Geely kurashi
Ford konsernining Geely firmasiga nisbatan da'volari dizaynni ko‘chirishga doir emas, balki avtomobil nomining talaffuziga tegishli. Geely kompaniyasining yangi Lynk & Co modeli talaffuz jihatidan Lincoln so‘ziga o‘xshab ketadi. Amerikaliklarning fikricha, bu esa kishini chalg‘itishi mumkin. Ammo, bu muammoni, shartli deyish mumkin. Negaki, Lynk & Co va Lincoln xaridorlari turli toifa kishilari hisoblanishadi.
Qoros va Kia qarama-qarshiligi
Ha, yuqoridagi tartib noto‘g‘ri emas. Aynan Xitoy kompaniyasi bu safar Janubiy Koreya firmasini sudga berdi va ishonish qanchalik qiyin bo‘lmasin, g‘alaba qozona oldi. Bu borada tortishuvga Kia Quoris sedani sabab bo‘ldi. Uning nomlanishi yozilishi va talaffuzi jihatidan Xitoy kompaniyasini yodga soladi. Shunday qilib, sud qaroriga ko‘ra, Qoros sedani sotilayotgan bozorlarda Janubiy Koreya avtomobili K9 yoki K900 nomi bilan sotiladi. Umuman, noyob sud ishi tugadi, ziddiyat barham topdi.